Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Maktablarga targ‘ibot tashriflari davom etmoqda

#universitet_va_maktab
#seminar

📌  Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi, Iqtisodiyot, Avtomobil yo‘llari muhandisligi hamda Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetlari faollari Mirobod tumanida joylashgan maktablarga tashrif buyurib, targ’ibot ishlarini olib borishdi.

📌 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti tyutorlar jamoasi Mirobod tumanida joylashgan 175-maktabida bitiruvchilarga universitet bilan tanishtiruv seminarini o‘tkazdi.

📌 Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari Mirobod tumanidagi 60- , 65- va 147-maktablarga tashrif buyurib, maktab bitiruvchilarini universitetga jalb etish maqsadida “Men tanlagan kasb va universitet” mavzusida uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

📌 Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti jamoasi tomonidan Mirobod tumanida joylashgan 94- hamda 328-maktablarda bitiruvchi o‘quvchilarga universitetda yaratilgan imkoniyat va fakultetlar to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

📌 Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti Mirobod tumanidagi 294-maktabda bitiruvchi yoshlar bilan universitetdagi yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida uchrashuv tashkil etdi.

✅ Seminarda maktab bitiruvchilariga asosan:
— Universitet tuzilmasi;
— Universitet qisqacha tarixi;
— Abituriyentlar hujjat topshirishi mumkin bo‘lgan soha va yo‘nalishlar;
— O‘quv jarayoni («kredit modul» tizimi) haqida;
— Kontrakt shartnomasini bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlaridagi qulayliklar to‘g‘risida va bir qator ta’lim jarayoni bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Maktab bitiruvchilarining turli xil savollariga javob berildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.