Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

ADIBLAR XIYOBONIGA TASHRIF

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti professor-o’qituvchilari adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzodani yod olib, talabalar bilan adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifda ilmiy adabiy maslahatchi Sh. Yusupov, “O’zbek va rus tili” kafedrasi katta o’qituvchisi D.Qosimova, iqtisodiyot fakulteti tyutori A. Berdiyeva va iqtisodiyot fakulteti  talabalari ishtirok etishdi.  Sh. Yusupov so’zga chiqib, Maqsud Shayxzoda haqida quyidagi ma’lumotlarni aytib o’tdi:

— O’zbek adabiyotining atoqli  namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda 1908-yil 25 -oktyabrda Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud topti. Boshlang’ich va o’rta ma’lumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida o’qidi va 1925-yildan boshlab Derkend shahrida muallimlik bilan shug’ullandi. Shayxzoda 1928-yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar muharririyatlarida, 1935—1938 yillarda esa Fanlar Qo’mitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938- yildan to umrining so’ngiga qadar Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutining o’zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qilib, yuqori malakali kadrlar tayyorladi. Shoirning adabiy faoliyati 1929-yildan boshlandi. Uning «O’n she’r» (1932), «Undoshlarim» (1933), «Uchinchi kitob» (1934), «Jumhuriyat» (1935) to’plamlarining nashr etilishi adabiyotga o’ziga xos ovozli shoir kirib kelayotganidan darak berdi. Urush yillarida shoirbutun ijodiy quvvatini, qalb haroratini dushman ustidan  g’alaba qozonishga safarbar etdi. Urushning birinchi kunlaridanoq jang qahramonlarini ulug’lovchi, front orqasidagi kishilarning fidokorona mehnatini ifodalovchi «Kurash nechun» (1941), «Jang va qo’shiq» (1942), «Kapitan Gastello» (1941), «Ko’ngil deydiki…» kabi she’riy to’plamlari, «Jaloliddin Manguberdi» (1944) tarixiy dramasi va boshqa qator publitsistik asarlarini yaratdi. Urushdan keyini tinch qurilish yillarida qatag’onlik jabrini tortgan bo’lsa ham, o’z el-yurtiga fidoiy shoir Vatanimiz bo’ylab keng quloch yozgan zafarli mehnat, tinchlik uchun kurash  haqida «O’n besh yilning daftari», «Olqishlarim», «Zamon torlari», «Shu’la», «Chorak asr devoni» kabi she’riy to’plamlarini yaratdi. 1958-yili adibning ko’hna va ayni chog’da navqiron Toshkent shahriga bag’ishlangan, uning tarixi, o’tmishdagi madaniyat va xalqaro aloqalarini tasvirlovchi «Toshkentnoma» lirik dostoni yaratildi. Iste’dodli dramaturg 1960 yilda yozgan “Mirzo Ulug’bek” tragediyasida buyuk ma’rifatparvar podshosi obrazini yaratdi. Shayxzoda Pushkinning «Mis chavandoz», Lermontovning «Kavkaz asiri», Mayakovskiyning «Juda soz» dostonlari va ko’plab she’rlarini, Shekspirning «Hamlet», «Romeo va Julyetta» tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning she’rlarini, Ozarbayjon shoirlari asarlarini o’zbek tiliga o’girdi. Shayxzodaning o’zbek adabiyoti tarixi, o’zbek xalq og’zaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasida yaratgan ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. U filologiya fanlari nomzodi, dotsent ham edi.

Tadbir so’ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.  Tadbir juda qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.