Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Talabalar «Boshtransloyiha» AJ korxonasida amaliyot o’tashmoqda

#oquv_amaliyoti
#Qurilish

📌 «Koʻpriklar va tonnellar» kafedrasi professor-oʻqituvchilari boshchiligida 1-bosqich talabalari «Boshtransloyiha» AJ korxonasida bo’lib, korxonaning ish vazifasi haqida maʼlumotga ega bo’lishdi.

⚡️Korxonada talabalarga loyiha oldi hujjatlar, texnik iqtisodiy asoslar, yangi temir yo‘l liniyalari, temir yo‘l shaxobchalari, sun’iy inshootlar, ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar, temir yo‘l vokzali, sohaga oid binolar, yer osti o‘tish yo‘li va temir yo‘llarni elektrlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlanmalar tayyorlanishi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Shu bilan birgalikda shu kungacha korxona mutaxassislari tomonidan sohada amalga oshirilgan bir qancha yirik loyihalar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.

✅ Tanishuv amaliyoti soʻngida talabalar soha mutaxasislaridan oʻzlariga kerakli boʻlgan savollarga javob olib qaytishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.