Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Mustahkamlash bilimning onasidir

#oquv_amaliyoti
#AvtYMF

📌 Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti 1-bosqich talabalari o’quv-tanishuv amaliyotlarini boshlashdi.

⚡️ O‘quv-tanishuv amaliyotining asosiy maqsadi talabalarga tanlagan kasblari to‘g‘risida asosiy tasavvurni hosil qilish va natijada shu kasbga qiziqish uyg‘otishdan iboratdir. Talabalar Avtomobil yo’llari qo’mitasi tarkibidagi yo’l korxonalari, jumladan, Toshkent shahridagi yo’l-infratuzilma obyektlari,»Yo’l loyiha byurosi» MCHJ, “O’zyo’lloyiha” loyiha-qidiruv instituti DUK, “Avtomobil yo’llaridan foydalanish va texnik holatini tahlil qilish markazi” UK, «Allegro develop project» MCHJ, «Grand Road Materials» MCHJ, Shahar markaziy ko’chalaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan boshqarmasi», «Grand Road Tashkent» MCHJ QK, «Avtomagistral» IAYTB UK korxonalari bilan tanishishmoqdalar.

✅ “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi tomonidan talabalar o’quv-tanishuv amaliyotiga olib borilmoqda. Talabalar amaliyot davomida «Qo‘yliq tajriba temirbeton ko‘prik konstruksiyalari zavodi” dagi ish jarayonlar bilan tanishmoqdalar.

✅ “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi tomonidan talabalar «SDRSO Avtomagistral” dagi ish jarayonlari bilan tanishib, Toshkent shahar Bektemir tumani Qo’yliq dahasida yangi yo’l qurilish ishlari bilan tanishmoqdalar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.