Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Jonkuyar xodimlar dam olish maskanida

#tashrif
#madaniy_xordiq

📌 Universitetning 54 nafar jonkuyar xodimlari «Rano eco village» dam olish maskanida bo’lib qaytishdi.

⚡️O’z kasbiga fidoyi, jonkuyar va mehnatsevarlik farroshlik kasbiga juda yarashadi. Ayniqsa, ular bu kasbga mehr qo’ygan bo’lsalar.
Darhaqiqat, universitetning 54 nafar shunday kasb egalarining mehnatini mukofotlash maqsadida «Rano eco village» dam olish maskaniga dam olish uchun yuborildi. Xodimlar ushbu maskanga tashrif buyurib, go‘zallikdan bahramand bo‘ldilar, miriqib xordiq chiqardilar, mazali taomlardan totdilar va kunlarini chog‘ o‘tkazdilar.
«Tashrifdan juda mamnun bo‘ldim. Ayni yoz kunlari bu yerga tashrif buyurish juda maroqli bo‘ldi. Taomlar ham o‘zgacha va juda mazali. Men va hamkasblarimning mehnatimizni qadrlab, dam olish uchun yuborgan universitet rahbariyati va Kasaba uyushma qo’mitasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman» — deydi xodimlardan biri.

✅ Kelgusida bunday tashriflardan ko‘plab amalga oshirish rejalashtirildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.