Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

O’quv yili oldidan reja va vazifalar

#yangi_oquv_yili
#seminar

📌 Tyutorlar ishtirokida yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan reja va maqsadlarga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Seminarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor D.X. Baratov ochib berib, ochiq suhbatdan ko’zlangan maqsad va vazifalar to’g’risida aytib o’tdi. So‘zining so‘ngida yangi o‘quv yili hamda yaqinlashib kelayotgan Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi bayrami bilan tabrikladi.
Seminar davomida tyutor hamda fakultet dekan o’rinbosarlariga HEMIS tizimi, tyutorlarning ish yuritishdagi barcha me’yoriy hujjatlari hamda tyutorlar ish faoliyatini yo‘lga qo’yish, 2022-2023 — o‘quv yiliga mo‘ljallangan kalendar-reja, talabalarga kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, telefondan foydalanish madaniyati, avtomobil qo‘yish va parkovka madaniyatiga rioya qilishni talaba-yoshlarga tushuntirish hamda ijarada yashovchi talabalarni ijara shartnomasini rasmiylashtirish, 1-bosqichdan 4-bosqichgacha o‘qish mobaynida 100 ta kitobni o‘qishi belgilab qo‘yilganligi to’g’grisida aytib o’tildi.

Qizg’in davom etgan seminar yakunida tyutorlarning kitobga qiziqishini baholash maqsadida test sinovlari, bellashuvlar o’tkazildi hamda qiziqtirgan savollariga mas’ullar davomida javob berildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.