Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Kasbga yo’naltirilgan uchrashuv

#ATMF
📌 «Transport energetik qurilmalari» kafedrasi professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan 1-bosqich talabalariga kasbga yo’naltirish bo’yicha uchrashuv
bo’lib o’tdi.

⚡️Tadbirda fakultet yoshlari bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O. Ashurov, «Transport energetik qurilmalari» kafedrasi mudiri t.f.f.d., dotsent R.N. Axmatjanov, professor Y.Sh. Shodimetov 1-bosqich bo’yicha dekan o’rinbosari G. Xadiyeva, tyutor J. Narziyev, kafedra a’zolari va EAM-5 guruh talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirni kafedra mudiri R.N. Ahmatjanov ochib berdi. Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, OTMning ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtirildi.
Fakulteti yoshlari bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O. Ashurov ta’lim dargohida talabalik maqomi, uning ma’suliyati va ta’lim olishdagi o’ziga xos jihatlarga to’xtalib o’tdi.
Talabalarga universitetdagi o’quv faoliyati, odob-axloq qoidalari, ichki tartib va normalar haqida ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, ta’limning eng ilg’or kredit-modul tizimiga o’tganiga 2 yil bo’lgan, universitet tomonidan, yangi talabalarga ushbu tizim va uning o’ziga xos jihatlari haqida kerakli axborotlar yetkazildi.

✅Talabalarni ayni damda qiziqtirayotgan savollarga universitet ma’sul xodimlari va professor-o’qituvchilar tomonidan batafsil javoblar yo’llandi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.