Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Milliy kutubxonaga tashrif uyushtirildi

#tanishuv_darslari

📌 Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti 1-bosqich talabalari uchun Milliy kutubxonaga tashrif uyushtirilib, tanishuv darsi o’tkazildi.

Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti 2-bosqich tyutori B.Sh. Urayimov, EAM-4 guruh talabalari bilan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif uyushtirildi. Bugungi kunda Prezidentimiz tamonidan 5 ta muhum tashabbus qabul qilinganligi yoshlarimizda kitobga, sportga, musiqaga, san’atga va axborot texnologiyalari qiziqishlarini ortishiga sabab bo’lmoqda. Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha Toshkent davlat transport universitetida ham tizimli ishlarni tashkil etib kelinmoqda. Tashrif davomida talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va eng nodir kitoblar bilan ham tanishib chiqishdi. Bundan tashqari talabalar Milliy kutubxonaning ilmiy bibliografik bazasidan foydalanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif yakunida talabalar milliy kutubxonaga a’zo bo‘lish bilan birga o‘zlari uchun ko‘pgina kerakli ma’lumotlarga ham ega bo‘ldilar.

Fakulteti 1 – bosqich talabalariga HEMIS platformasi va kredit-modul tizimi bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda barcha 1-bosqich talabalariga platformaga kirish yuzasidan tushunchalar berildi.

“Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedrasida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni OTMdagi mavjud shart-sharoitlarga moslashtirish jarayonini tashkil etish va tanishuv darsi o’tkazildi.
Darsni kafedra professor-o’qituvchilari, fakulteti dekan o’rinbosari O.F. Ashurov, Tyutor J.Sh. Narziyevlar ishtirok etishdi. Talabalar bilan muloqot vaqtida ularga universitetdagi tartib-intizom haqida ma’lumotlar yetkazildi. Bundan tashqari HEMIS tiziming afzalliklari, uning qanday ishlashi, fanlarga tegishli resurslar, davomat, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini qanday bilib borish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.