#xotin_qizlar
#muammo_va_taklif
📌 Talabalar turar joyida yashovchi xotin-qizlar holati o’rganildi.
⚡️Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi hamda Temir yo‘l transporti muhandisligi fakultetlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari 5-TTJ da yashovchi talaba-qizlarning yashash sharoiti bilan tanishdilar. 1-bosqich talabalariga talabalar turar joyi tartib-qoidalari tushuntirildi. Odob-axloq, universitetda kiyinish madaniyati, elektr energiyadan oqilona foydalanish kabi mavzular yuzasidan suhbat olib borildi. Har bir xona ko‘zdan kechirilib, ozodalik bo‘yicha tavsiyalar berildi. Muammo va takliflar atroflicha o’rganilib, amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.