#sammit
#ATMF
📌 Universitet bir qator Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “SHXTning Samarqand sammiti yakunlari va ekologik diplomatiyaning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
⚡️O‘zbekiston Ekologik harakati, “Yuksalish” umummilliy harakati, Toshkent davlat transport universiteti hamda Xalqaro Iqtisodiyot va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “SHXTning Samarqand sammiti yakunlari va ekologik diplomatiyaning dolzarb masalalari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Avtomobil transporti muhandisligi fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.F. Ashurov, “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan kafedrasi mudiri R.N. Axmatjanov, professor Y.Sh. Shadimetov, t.f.n., dotsent M.I. Maxamadjanov, ass. I.I. Usmanov, “Texnologik mashinalar muhandisligi” kafedra mudiri K.J. Rustamov, talabalar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Tadbirni E. Omonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi bosh maslaxatchisi, O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari ochib berdi.
✅ Tadbir so‘ngida davra suhbatini mazmunli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shgan professor-o‘qituvchilarni tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladilar.
Tadbir professor-o‘qituvchilari va talabalarda katta taassurot qoldirdi.