#kitobxonlik
📌 «Eng yaxshi kitobxon talaba» tanlovining universitet bosqichi yakunlandi.
⚡️Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida «Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish» shiori ostida «Eng yaxshi kitobxon talaba» tanlovining universitet bosqichi o’z yakunini topdi. Ushbu bosqich 3 turda olib borildi. 1-turda juda ko’p talabalar qiziqish bildirib, 50 tadan iborat test sinovi bo’yicha bahs olib bordilar. 2-tur esa talaba-yoshlardan o’z o’qigan asaridan annotatsiya yozish talab etildi hamda yozilgan annotatsiyalar mas’ul hakamlar hay’ati tomonidan ko’rib chiqilib, munosib baholandi. So’nggi 3-turda esa kitobxon talabalar og’zaki savol-javob orqali baholandilar. Tanlov yakunida talaba-yoshlarning barcha turda to’plagan baholari hisoblanib, o’rinlar hisoblandi.
✅ Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o’rin — Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti 1-bosqich HHB-4 guruh talabasi Murtozayev Murodjon Maqsud o’g’li;
2-o’rin — Temir yo’l transporti muhandisligi fakulteti 4-bosqich TVV-732 guruh talabasi Xolmuminov Abbos Asqar o’g’li;
3-o’rin — Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti 3-bosqich TVA-1 guruh talabasi Abdufattoyeva Guljaxon Zafarjon qizi qo’lga kiritdi.