#ekskursiya
#TTB
📌 Toshkent shahrining qadimiy me’moriy yodgorliklaridan biri bo‘lgan Hazrati Imom ansambliga tashrif buyurdilar.
⚡️Transport tizimlari boshqaruvi fakultetining bir guruh talabalari tyutorlari boshchiligida Toshkent shahrining qadimiy me’moriy yodgorliklaridan biri bo‘lgan aholi orasida Xasti-Imom nomi bilan mashhur Hazrati Imom ansambliga tashrif buyurishdi. Maydon eski shaharning orqasida joylashgan bo‘lib, u 1966-yildagi kuchli zilziladan omon qolgan. Majmua olim va din arbobi, birinchi toshkentlik imom Kaffol ash Shoshiy dafn etilgan joyda qurilgan. Majmua Tillashayx masjidi, Abu Bakr Kaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon madrasasi va Imom al-Buxoriy Islom institutidan iborat. Ansambl hududida olib kelingan turli xil antiqa o‘simliklar ekilgan, bahordan kuzga qadar esa Hazrati Imomda laylaklar uya qurishadi. Hazrati Imom tunda chiroqlar yoqilib, sharq ertagining hayolotini yaratganda, ayniqsa go‘zaldir.
✅ Talabalar turli davlatlardan tashrif buyurgan turistlar bilan ingliz tilida suhbat qurishib, ularga qadamjolar to‘g‘risida o‘zlari bilgan ma’lumotlar bilan ulashishdi, ular bilan esdalik uchun fotosuratga tushishdi.