Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Kasallikni davolagandan oldini olgan ma’qul

#profilaktik_suhbat

📌 Talabalar bilan profilaktik suhbat bo’lib o’tdi.

⚡️ Bugungi kunda vatanimiz dunyodagi tinch va osuda mamlakatlar sirasiga kirishini, tinchlik va xotirjamlikning qadriga yetishimiz lozimligini voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida har xil huquqbuzarliklar bo‘lmasligi uchun barchamiz birdek mas’ul ekanligimiz ta’kidlandi. Tadbirga tashrif buyurgan Resbuplika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filliali vrach narkologi M.A. Muminova hamda Toshkent shahar Mirobod tumani IIOFMB Profilaktika katta inspektori leytenant E.E. Karimovlar giyohvandlik butun dunyoda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan eng dolzarb muammolardan hisoblanishini, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi juda yuqori ekanligini, narkotik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning ortishi birinchi o‘rinda og‘ir kasalliklar va jinoyatlar sodir etilishining ko‘payishiga olib kelishini, giyohvandlik jinoyatchilik bilan bog‘liq hodisa ekanligini, narkotiklarni qo‘lga kiritish yoki ularning oldini olish uchun pul topish maqsadida og‘ir oqibatli qasddan jinoyatlar sodir etilishini, narkotik moddalarni qabul qilish ta’siri ostida tez-tez jinoyatlar sodir etilishini tushuntirdilar.

✅ Tadbirda universitet talaba-yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, soha mutaxassislaridan kerakli javoblarni olishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.