Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Izlanuvchilar Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

#xalqaro_konferensiya
#QurilishM

📌 «Ko‘priklar va tonnellar» kafedrasi izlanuvchilari «V CACMSGE-2022» Xalqaro konferensiyasida ishtirok etdilar.

⚡️Qurilish muhandisligi fakulteti «Ko‘priklar va tonnellar» kafedrasi mudiri U.Z. Shermuxamedov va kafedra izlanuvchilari A.B. Karimova hamda A.R. Abdullayevlar Samarqand shahrida V CACMSGE-2022 Xalqaro konferensiyasida ishtirok etdilar. Konferensiyada AQSH, Koreya Respublikasi, Polsha, Rossiya Federatsiyasi va Qozog’iston Respublikasidan 100 nafarga yaqin delegatlar ishtirok etdi. Konferensiya doirasida Xalqaro Geotexnika Uyushmasi Simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya mobaynida bir qator xorijiy olimlar bilan muloqotlar tashkil etildi. AQSHning California Berkley Universiteti «Inshootlar zilzilabardoshligi» laboratoriyasi mudiri Sh. Takhirov, Koreya Respublikasi Incheon Milliy Universiteti vitse prezidenti professor Eun Chul Shin, Polshaning Varshava Texnologiyalar Universiteti professori Agnieszka Dabska va Qozog’iston Respublikasi L.N. Gumilev nomidagi Yevroosiyo Universiteti professori Askar Jusupbekov bilan ikki tomonlama muloqot olib borildi.

✅ Suhbat mobaynida ilmiy innovatsion hamkorlikni yo’lga qo’yish, tadqiqot yo’nalishlarini muvofiqlashtirish hamda Berkley Universiteti laboratoriyasida hamkorlikda izlanishlar olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.