Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Ikki avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi

#uchrashuv
#ATM

📌 Faol tyutorlar va talabalar urush qatnashchisi holidan xabar oldilar.

⚡️Avtomobil transporti muhandisligi fakultetining bir guruh faol tyutorlari hamda talabalari “Ikki avlod uchrashuvi” tadbirini o’tkazdilar. Joriy yilning 6-oktabr kuni fakulteti tyutorlari N. Turdibekov, B. Urayimov va talaba-yoshlar bilan birgalikda Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 22-uyda istiqomat qiluvchi Afg‘on urushi qatnashchisi 1-guruh nogironi A.Q. To‘rayevning xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olindi. Ushbu tashrif jarayonida A.Q. To‘rayev o‘zining o‘sha urush davridagi qiyinchiliklari va boshidan o‘tgan og‘ir kunlarini talabalarga birma-bir so‘zlab gapirib berdi. Urush hech qachon yaxshilik olib kelmasligi, qanchadan-qancha begunoh insonlarning halok bo‘lishlari, yosh bolalar, keksalar umuman olganda, butun insoniyat uchun daxshatli va o‘ta qo‘rqinchli holat ekanligini qayg‘u bilan yodga olib, gapirib berdi. A.Q. To‘rayev o‘z so‘zining yakunlar ekan, tashrif buyurgan talabalarga hozirgi zamon juda ham yaxshi ekanligi, buning qadriga albatta yetish kerakligi va Vatanni chin dildan sevish va uni har tomonlama himoya qilish kerakligini qayta-qayta yoshlarga ta’kidlab o‘tdilar.

✅ Ushbu tashrif talabalar tomonidan juda ham ta’sirli va maroqli bo‘lganini hamda bunday insonlarning holidan tez-tez habar olib turish kerakligini yaxshi anglab yetdilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.