Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Ustozlar-millat meʼmori

#universitet_va_mahalla
#AvtTM

📌 Faollar «Abdurauf Fitrat» mahallasiga tashrif buyurib, «Ustozlar-millat meʼmori» mavzusida davra suhbati o’tkazdilar.

⚡️Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti jamoasi «Ustozlar-millat meʼmori» mavzusi bo‘yicha Mirobod tumanida joylashgan «Abdurauf Fitrat» mahallasiga tashrif buyurishdi. Mirobod tuman Abdurauf Fitrat mahalla fuqarolar yigʻinida fakultet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini O.F. Ashurov, «Texnologik mashinalar muhandisligi» kafedrasi mudiri K.J. Rustamov va mazkur kafedra jamoasi, mahalla faollari va yoshlari ishtirokida «Ustozlar — millat meʼmori» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mahalla va universitetining birdamligi, oʻzaro hamkorlik masalalari va kuni kecha mamlakatimizda nishonlangan «O’qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan yoshlarning ta’lim-tarbiya olish jarayonlarida ustozlarning beqiyos o‘rni, ularning mashaqqatli va sharafli kasbi haqida qizgʻin suhbat boʻlib oʻtdi. Tadbirda ishtirok etgan, uzoq yillar o‘z faoliyatini fidoiylik bilan davom ettirgan, hozirda nafaqa yoshida bo‘lgan faxriy ustozlar Viktorova Tamara, Kalinika Tatyana, Mirzaqulova Tursuna ustozlarni qutlab, ularning nomlariga she’rlar o‘qildi.

✅ Tadbir yakunida «Abdurauf Fitrat» mahallasida yashovchi, bugungi kunda nafaqa gashtini surayotgan faxriy ustozlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.