Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

G’afur G’ulom uy muzeyiga tashrif

#muzey
#ATM

📌 Talabalar G’afur G’ulom uy muzeyiga tashrif buyurishdi.

⚡️Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti EAM-2 va EAM-3 guruh faollari va adabiyotga qiziquvchan talabalar guruh tyutori D. Otaqo’ziyevlarning birgalikda G’afur G’ulom uy muzeyiga tashrifi amalga oshirildi. Muzeyda G‘afur G‘ulomning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beradigan fotosuratlar, buyumlar, uy jihozlari , kitoblar, uyning kichkina maketi va h. k. saqlanadi. Memorial qismi 2 qavatdan iborat. Birinchi qavatda bolalar xonasi, yotoqxona, kichik ijodxona, ikkinchi qavatda esa milliy ruhda bezatilgan mehmonxona va katta ijodxona aks ettirilgan. Bu qismdagi eksponatlar, asosan, G‘afur G‘ulom foydalangan yozuv qurollari, kitoblar va buyumlar tashkil etadi. Talabalar mezbonlar hamrohligida muzey ekspozitsiyasi bilan tanishishdi. Bu yerdagi eksponatlar shoir hayoti va ijodi haqidagi tasavvurlarini yanada kengaytiradi.

✅ «Akademik shoir G‘afur G‘ulom hayoti va ijodiyotini o‘rganish, munosib targ‘ib qilish borasidagi ishlarimiz hali davom etadi» — Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti dekan o’rinbosari O.F. Ashurov.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.