Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Talabalar turar joyida musobaqa

#TTJ
#TYTM

📌 Talabalar turar joyi talabalari o’rtasida sportning shaxmat turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.

⚡️Bugungi kunda butun dunyo bo’yicha mashhur bo’lgan sport turlaridan biri shaxmat — bir yarim ming yillik tarixga ega. Ushbu “aql gimnastikasi” hisoblangan sport turi bo’yicha Vatanimiz yoshlari jahon miqyosida ulkan yutuqlarga erishib kelmoqdalar. Toshkent davlat transport universitetida ham shaxmatni professional va havaskor darajada biladigan talabalar talaygina. 14-15-oktabr kunlari Temir yo’l transporti muhandisligi fakulteti yoshlar yetakchisi H. Shavkatov tashabbusi bilan 5A-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o’rtasida sportning shaxmat turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Musobaqa 30 nafardan ziyod talaba-yoshlarni qamrab oldi.

✅ Musobaqaning yakuniy natijalariga ko’ra:
🥇Mamarajabov Quvonchbek Shuxrat oʻgʻli — MST-5 guruh talabasi
🥈Mirzabekov Otabek Ravshan oʻgʻli — TVE-6 guruh talabasi
🥉Xakimov Eldor Anvarjon oʻgʻli — 12-19 guruh talabasi qo’lga kiritdi.
⚜️G’oliblar qimmatbaho sovg’alar va diplom bilan taqdirlandilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.