Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Yong’in xavfsizligi kuni

#xavfsizlik_kuni
#AvtTM

📌 Talabalar bilan «Yong‘in xavfsizligi kuni» uchrashuvi tashkil qilindi.

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan PQ-2992 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, haftaning har chorshanba kuni “Yong‘in xavfsizligi kuni” deb belgilangan. Shu munosabat bilan, 19-oktabr kuni Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o‘rinbosari O. Ashurov, tyutorlar va Yashnobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘lim boshlig‘i mayor A.Z. Yabekov bilan hamkorlikda talalabalarga is gazi va yong‘in xavfsizligidan saqlanish, ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha “Yong‘in xavfsizligi kuni” uchrashuvi tashkil qilindi. A.Z. Yabekov tadbir ishtirokchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘llanmasi favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, yo‘riqnomalarni o‘tkazishni jadallashtirish, mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish, qurilish ishlari olib borilayotgan maydonlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida tushuntirish ishlari amalga oshirildi. O. Ashurov tomonidan aholi o‘rtasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi korxona, tashkilotlarda hamda aholi yashash joylarida uchrashuvlar tashkil etilayotgani hamda talabalarning yashayotgan xonadon va talabalar turar joylarida ham bunday yong‘in xavfsizligi qoidalarini kengroq targ‘ib etish uskunalardan to‘g‘ri foydalanish usullari namoyish etilayotganini aytildi.

⚡️Tadbirdan maqsad is gazi hamda yong‘in xavfsizligidan saqlanish va ularni bartaraf etish bo’ldi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.