Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Psixolog bilan trening mashg’uloti

#trening
#AvtTM

📌 Universitet psixologi va talabalar o’rtasida trening mashg’uloti o’tkazildi.

⚡️Talaba shaxsida yuzaga keluvchi ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish shuningdek, o’qish jarayonida yuzaga kelayotgan ijtimoiy–psixologik muammolarni bartaraf etish maqsadida psixolog R.R. Baratova bilan amaliy trening mashg’uloti o’tkazildi. Tadbirda talabaga ta’sir o‘tkazish usullari, shuningdek, o’qish jarayonida yuzaga kelayotgan ijtimoiy–psixologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Har bir talabaning o’qish faoliyatidagi harakati inson ruhiyati bilan bog‘liqligi sababli, bunday erkin suhbatlar har bir insonni o’qishi, kasbi va oilasiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Amaliy mashg‘ulot orqali ularning ko‘nikmasi oshirilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari tahlil qilindi. Talaba shaxsida yuzaga keluvchi ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etishning psixologik usullari mavzusida o‘tkazilgan ushbu tadbirda yoshlar o‘rtasida ruhiy zo‘riqishning oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik jarayon deb belgilab olindi hamda tadbir davomida ko‘ngilli talabalar bilan ruhiy zo‘riqishni diagnostika qilishga qaratilgan psixologik texnika o‘tkazildi. Shuningdek, ma’ruza jarayonida yoshlarda psixologik bilimlar shakllantirishga e’tibor qaratildi.

✅ Shuningdek, psixolog R.R. Baratova tomonidan qatnashchilarga turli metodik usullar orqali o’qish mobaynida duch kelinayotgan muammolar, qaltis holatlardan chiqib ketish va muomala qilish jarayoniga baho berishning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha o‘zining tushuncha va tavsiyalarini berdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.