Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Til bilimdonlari

#til_bayrami
#AYM

📌 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “Til bilimdonlari” bellashuvi tashkil etildi.

📆 Joriy yilning 19-oktabr kuni Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakultetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini 33 yilligi munosabati bilan tyutorlar M.T. Kazakbaeva va B.I. Do‘stovlar tomonidan “Til bilimdonlari” bellashuvini tashkil qildilar. Bellashuvda Yo‘l muhandisligining 4 ta yo‘nalishi ishtirok etdi. Bellashuv mehmoni Yoshlar bilan ishlash ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor D.X. Baratov so’zga chiqdi: — «Ona tili – millatning ruhidir, til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylangan». Jamoalarning ishlarini tekshirish uchun, “O‘zbek (rus) tili” kafedrasi mudiri katta o‘qituvchi V.X. Xasanova taklif etildi.

🔰Murosasiz kechgan bellashuvda barcha jamoa a’zolari faol qatnashdilar. Barcha bosqichlar bo‘yicha:
🥇1-o’rin: 98 ball “Arxitektura-landshaft”;
🥈2-o’rin: 97 ball “Loyihalash”;
🥉3-o’rin: 86 ball “Еkspluatatsiya” yo’nalish talabalari qo’lga kiritdi.
Talabalar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, sovg‘a va fahriy yorliqlar bilan taqdilandilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.