Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

«Yil ayoli» tanlovining tuman bosqichi

#yil_ayoli
#faxriy_xodim

📌 Universitet xodimlari «Yil ayoli» ko’rik-tanlovining Mirobod tumani bosqichida faol ishtirok etdi.

⚡️Joriy yilning 19-oktabr kuni “Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi dots. v.b. F.X. Ikramova hamda “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi o’qituvchisi N.Sh. Xodjayevalar Mirobod tumanida bo’lib o’tgan “Yil ayoli” milliy tanlovida qatnashdi. Ushbu tanlovda tumanda faoliyat yuritayotgan, mamlakatimiz rivojiga ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan tashkilotlarning eng faol, eng izlanuvchan va iqtidorli ayollari, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha ayollari 11 ta yo‘nalishi bo‘yicha bellashdilar.
Tanlov maqsadi: mamlakatimiz rivojiga ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish; professional salohiyatini, ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik sifatlari va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir.

✅ Tanlovda faol ishtirok etgan xotin-qizlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.