Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Professor-o’qituvchilar xalqaro seminarda ishtirok etdi

#xalqaro_seminar
#AvtTM

📌 “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi professor-o’qituvchilari xalqaro seminarda ishtirok etdi.

⚡️Joriy yilning 20-oktabr kuni Toshkent shahrida “Bazel, Rotterdam, Stokgolm va Minamata konvensiyalarini bajarilishi samaradorligini oshirish va xalqaro darajada kimyoviy moddalarni boshqarish bo‘yicha institutsional salohiyatni mustahkamlash” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar Davlat ekologiya qo‘mitasi BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP)ning “Bazel, Rotterdam va Stokgolm konvensiyalarini, Simob to‘g‘risidagi Minamata konvensiyasini va Xalqaro darajada kimyoviy moddalarni boshqarishga strategik yondashuvni amalga oshirish samaradorligini yuksaltirish uchun milliy darajada institutsional salohiyatni mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlash Maxsus dasturini amalga oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida o‘tkazildi.
Seminarda e’tirof etilganidek, kimyoviy moddalarni boshqarish keng ko‘lamli masalalarni o‘z ichiga oladi va u inson salomatligini saqlash, atrof-muhit, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, mehnatni muhofaza qilish, xalqaro munosabatlar va savdoni qamrab oladigan turli xil faoliyat sohasi sanaladi. Kimyoviy moddalarni boshqarishga yanada integratsiyalashgan milliy yondashuvga erishish uchun esa, samarali muvofiqlashtirish mexanizmini yaratish va joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Bunda turli ishtirokchilarning ma’lumot almashinuvi, bir-birini to‘ldiruvchi yoki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan faoliyatni muvofiqlashtirish, ba’zi hollarda qo‘shma qarorlar qabul qilish yoki hamkorlikni rivojlantirish va joriy qilish lozimdir.
Loyiha kimyoviy moddalar va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish va hamkorlikni kuchaytirish, qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani, monitoring va hisobotlarni amalga oshirishni yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Shuningdek, loyiha doirasida kimyoviy moddalar va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha qonunchilik va institutsional bazani baholash va tahlil qilish ishlari amalga oshiriladi. Axborot to‘plash uchun asoslar taklif etilib, kimyoviy moddalarning milliy reestrini tashkil etish orqali xalqaro shartnomalar bo‘yicha hisobotlar takomillashtiriladi.

✅ Seminarda manfaatdor vazirlik, idora, jamoat tashkilotlari vakillari, loyiha ekspertlari, onlayn formatda esa YUNEPning Maxsus dastur kotibiyati vakillari va xalqaro ekspertlar ham ishtirok etishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.