#yashil_makon
#Iqtisodiyot
📌 “Ekologik huquqbuzarlik: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
⚡️Ekologik huquqbuzarlik profilaktikasida «Yashil makon» loyihasining ahamiyati. Iqtisodiyot fakulteti «Xalqaro ommaviy huquq» kafedrasida “Ekologik huquqbuzarlik: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir boshida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati I. Xushvaqtovning hamda yuridik fanlar doktori A. Dadasheva va universitet dotsenti, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) M. Inagamovaning maʼruzalari tinglandi.
Shundan soʻng talabalarga ekologik huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan davlat siyosati va bu borada deputatlarning qonun ijodkorlik faoliyati hamda sohada parlament nazorati tadbirlari natijadorligi xaqida maʼruza qilindi.
✅ Tadbir ishtirokchilari bu boradagi bilimlarini oshirib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar.