Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Hamkorlikda master-klass

#master_klass
#AvtTM

📌 “Chirchiq oliy tank-qo‘mondonlik bilim yurti” bilan hamkorlikda master-klass o’tkazildi.

⚡️Mamlakatimizda islohotlar jarayonida harbiy boshqaruv tizimini takomillashtirishga va harbiy kadrlarni tayyorlashga, barcha oliy harbiy ta’lim muassasalarini isloh etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. “Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedrasi uzoq yillardan buyon harbiy kadrlarni tayyorlovchi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti va mudofaa sanoati korxonalari bilan hamkorlik qilib keladi.
Joriy yilning 19-oktabr kuni kafedra mudiri tashabbusi bilan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti uchrashuv va master-klass darslari tashkil etildi. Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti ko‘p tarmoqli ofitserlarni tayyorlovchi ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bilim yurtida:
tank qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
havo-desant qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
teppopizmga qapshi kupashish bo‘linmalapi taktik qo‘mondonligi;
maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalari taktik qo‘mondonligi;
zenit raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
zirhli tank qurollari va texnikalari taktik muhandisligi kabi yo’nalishlarda harbiy mutaxassis kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

✅ Istiqbolda ushbu bilim yurti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga kelishib olindi. Ushbu bilim yurti bilan tashkil qilingan hamkorlik uchrashuvi ikki tomon uchun ham foydali bo‘ldi. Uchrashuv davomida professor o‘qituvchilar bilim yurti kursantlariga master-klass o‘tishdi, labaratoriya bazalari bilan tanishishdi va takomillashtirish haqida fikrlar almashildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.