#uchrashuv
#Iqtisodiyot
📌 Yoshlarni kasbga yo’naltirish maqsadida yirik kompaniya vakillari ishtirokida suhbat bo’lib o’tdi.
⚡️Iqtisodiyot fakulteti dekani tashabbusi bilan, talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish, ularni kasbga yo’naltirish maqsadida davra suhbati o’tkazildi. Suhbatga mehmon sifatida “Great Event Media” kompaniyasi, “Zehn Ziyo” o’quv markazi asoschisi, marketolog, eventer, piar, tarjimon G. Radjabova hamda “Miran team” kompaniyasi asoschisi S. Hakimov qatnashdilar. Davra suhbatida talaba-yoshlarni dastlab o’quv kursida o’qitish, so’ngra imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan talabalarni nufuzli kompaniyaga ishga joylashtirish to’g’risida so’z yuritildi.
✅ Talaba yoshlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.