Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Profilaktika xodimlari ishtirokida davra suhbati

#profilaktik_suhbat

📌 Huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.
⚡️ “Ichki va tashqi tahdidlar hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, yoshlar va talabalar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish” mavzusida profilaktik davra suhbati bo’lib o’tdi. Uchrashuvni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘I S. Xamidov ochib berdi. Mirobod tumani IIO FMB XPB Yoshlar masalalari bo‘yicha guruh rahbari, podpolkovnik S. Zayniddinov talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi haqida so‘z yuritdi. Universitet profilaktika katta inspektori, leytenant E.E. Karimov o‘z so‘zida insoniyatning axborotga, uni olish, foydalanish va tarqatishga bo‘lgan ehtiyoji mislsiz sur’atlarda ortib borayotgani, ma’lumki, axborotga nisbatan talab qanchalik kuchaysa, uni tarqatuvchilar ham mos ravishda ko‘payishida, globallashuv jarayoni sharoitida eng muhim masalalardan biriga aylanib bormoqdaligi yuzasidan so’ladi. Universitet profilaktika katta inspektori O.M. Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, mustaqillik yillarida respublikada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga erishilayotganligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

✅ Davra suhbati davomida talabalar profilaktika yuzasidan o’z bilimlarini yetarlicha oshirdilar, qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.