#maruza_mashguloti
📌 Ma’muriy-siyosiy soha yuzasidan ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi
⚡️ Kuni kecha «Xalqaro ommaviy huquq» kafedrasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻi polkovnik O.G. Xodjimatov tomonidan «Maʼmuriy huquq. Maʼmuriy Sud ish yurituvi» fani doirasidagi «Maʼmuriy-siyosiy sohani boshqarishni maʼmuriy-huquqiy tashkil etish» mavzusidagi maʼruza mashgʻuloti oʻtkazildi. Mashgʻulotda tergov departamentining tarixi, transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlash sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, tergovchilarning xizmat vazifalari va ular tomonidan amalga oshirilayotgan tergov xarakatlari soʻz yuritildi. Bundan tashqari bugungi kunda amaliyotda tergovchilar tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilish va kvalifikatsiya qilish jarayonida foydalaniliyotgan zamonaviy texnika vositalari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.
✅ Mazkur master-klass mashgʻuloti doirasida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etishib sohaga oid yangiliklar bilan tanishishlari taʼminlandi.