Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Qurilishda IT texnologiyalarining o’rni

#davra_suhbati
#QurilishMF

📌 «Ko‘priklar va fuqarolik inshootlari qurilishida IT texnologiyalarining o‘rni» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

⚡️ «Ko‘priklar va tonnellar» kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekistondagi Sharda Universiteti prorektori Satya Vir Singh “Ko‘priklar va fuqarolik inshootlari qurilishida IT texnologiyalarining o‘rni” mavzusida ma‘ruza qildi. Tadbirda Qurilish muhandisligi fakulteti 4-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Ma’ruza mobaynida janob Satya Vir Singh loyihalash jarayonida BIM texnologiyalarning qo’llanilishi, muhandislik qidiruv ishlarida dronlardan foydalanish, bulutli texnologiyalarni qo‘llagan holda sun’iy inshootlar qurilishida mualliflik nazoratini virtual tarzda masofadan turib real vaqt rejimida olib borish bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. Kelajakda ko‘priklar va fuqarolik inshootlarini loyihalash va qurishda Big data, Artifical Intelligence (sun’iy intellekt) va IoT (Internet of things) perspektiv yo’nalishlar sifatida ko’rilishi qayd etildi. Tadbir yakunida «Ko‘priklar va tonnellar» kafedrasi va O‘zbekistondagi Sharda Universiteti o’rtasida o’zaro manfaatli kafedralararo hamkorlikni yo’lga qo’yish, professor-o’qituvchilarning master-klass darslarini muntazam tarzda o‘tkazishga kelishib olindi.

✅ Shuningdek, Satya Vir Singh hamda fakultet dekani va kafedra mudirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekistondagi Sharda Universiteti o’quv jarayoni, professor-o’qituvchilar yuklamasi va fanlarni o’qitish jarayoniga innovatsion texnologiyalarning tadbiqi yuzasidan fikr almashildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.