Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

#davra_suhbati
#ETKM

📌 «Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va favqulodda vaziyatlar» mavzusida maxsus davra suhbati tashkil etildi.

🛎 7-noyabr kuni Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti tyutorlari I.N. Ismoilov, D.A. Kadirova hamda fakultet faol talabalari N.B. Ergashev va M.S. Tursunboyevlar tomonidan talabalar turar joylarida turli xil noxush holatlarning oldini olish maqsadida «Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va favqulodda vaziyatlar» mavzusida maxsus davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida fakultet 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi.

📎 Davra suhbatida is gazi, elektr energiyasi, turli xil isitish qurilmalaridan to’g’ri foydalanish, yong’in sodir bo’lgandagi favqulodda harakatlar, yong’in hodisalari sodir bo’lishining oldini olish, yong’in hodisasi yoki boshqa favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda jabrlanuvchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar savollar berish orqali bilimlarini mustahkamlab olishdi. ETKM fakulteti kuz-qish mavsumida barchani birdek ogohlikka chaqiradi va isitish va turli elektr moslamalaringizni texnik ko’rikdan o’tkazishingizni tavsiya qiladi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.