Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

#munozara

📌 “2022 — 2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mazmun mohiyati yuzasidan tadbir tashkil etildi.

⚡️Bugun kinolar zalida universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Xalqaro ommaviy xuquq” kafedrasi bilan hamkorlikda “2022 — 2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mazmun-mohiyatini talabalar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida tadbir tashkil etildi. O‘zbekistonda so‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
🖇 Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:
Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi.

✅ Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida tasdiqlangan 7 ta yo‘nalishdan iborat va uning ichiga kiritilgan 100 ta maqsad bo‘yicha tadbir ishtirokchilarga prezentatsiya usulda to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan to‘liq javoblar berildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.