Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Mehribonlik uyida to’garak

#togarak
#ETKM

📌 Faollar 30-mehribonlik uyida “Mohir qo‘llar” to‘garagini tashkil qildi.

🎗 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi 5 muhim tashabbusning beshinchisi “Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga о‘rgatish” doirasida 30-mehribonlik uyida “Mohir qo‘llar” to‘garagini tashkil qildi. Tarbiyalanuvchi qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni hunarmandchilikka qiziqtirish, ta’lim va tarbiyasiga hissa qo‘shish maqsadida haftaning har juma kunida mehribonlik uyida to‘qish ishlari o‘rgatib boriladi.

✅ Bu galgi darsda “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Sh. Xodjayeva bilan birgalikda qizlarga to‘qish anjomlarini to‘g‘ri ushlash, to‘qish elementlari va oddiy choklar о‘rgatildi. Qizlarning harakatchan va intiluvchanligi, tо‘qishni о‘rganishga bо‘lgan ishtiyoqi tahsinga loyiq.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.