Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Zamon bilan hamnafas ta’lim

#tashrif
#AvtTM

📌 Professor-o’qituvchilar hamda talabalar “Highway Logistics Center” MCHJ zamonaviy logistika markaziga tashrif buyurishdi.

🎗 Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti «Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi» kafedrasining mudiri J. Avlyaqulov boshchiligida dotsentlar N. Mo‘minjonov, T. Qodirshaev, A. Tojiboev, K. Ibroximov, Sh. Magdiev, F. Raxmonqulovlar, katta o‘qituvchilar G. Abdukarimova, B. To‘raqulov, V. Jovliev, N. Xolmirzaev, M. Raxmatovlar; assistentlar Z. SHaropov, M. Boliev, R. Alimardonovlar va talabalar “Highway Logistics Center” MCHJ Zamonaviy logistika markaziga tashrif buyurishdi. Markazi direktori D. Sotvoldiev, bo‘lim boshlig‘i T. Sidiqnazarov, tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar va talabalarning korxona faoliyati bilan tanishtirdi.

✅ Markaz 2017-yil sentabr oyida Toshkent viloyati, Zangiota tumanida ro‘yxatdan o‘tgan “Highway Logistics Center” MCHJ zamonaviy logistika kompleksi ta’sis etildi. 2018-yilning boshidan logistika kompleksi o‘z faoliyatini boshladi. Markaz manzili: Zangiota tumani «Tarikteshar» mahallasida joylashgan. Logistika kompleksi binolari M-39 Avtomagistral yo‘l o‘qidan 57 metr, Erkin yo‘lidan 12metr masofada joylashgan. Umumiy yer maydoni: 14,42 gektar. Logistika kompleksi qurilishi loyihasi bo‘yicha jami 20 000 kv.m.dan iborat bo‘lgan bojxona inshootlari xususan umumiy maydoni 17 000 kv.m bo‘lgan zamonaviy tipdagi omborlari, hamda tezkor ravishda yuklarni tushurib, yuklashga va bojxona ko‘rigini amalga oshirishga mo‘ljallangan maydonchalar qurilgan.

📝 Bundan tashqari, markaz masʼul xodimlari tomonidan korxona boʻylab tashkil etilgan ekskursiyada qurilishi loyihasiga ko‘ra omborga joylashtiriladigan yuklarni bojxona nazoratidan o‘tkazish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan turli servis xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan bino va inshootlar qurilgan. Xususan, ma’muriy bino, avtoturargoh, texnik-servis inshooti, mexmonxona va oshxona, ularning faoliyati bilan tanishtirildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.