Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Kadrlar siyosatidagi islohotlar

#maruza_mashguloti
#Iqtisodiyot

📌 «O’zbekiston Respublikasi kadrlar siyosatidagi islohotlar» mavzusida ma’ruza mashg’uloti tashkil etildi.

⚡️ Joriy yilning 11-noyabr kuni Iqtisodiyot fakulteti »Xalqaro ommaviy huquq» kafedrasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi katta inspektori, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) F.B. Zaynobiddinova “Oʻzbekiston Respublikasi kadrlar siyosatidagi islohotlar” mavzusida maʼruza mashgʻulotini tashkil etdilar.

📝 F.B. Zaynobiddinova oʻz soʻzini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining tashkil etilishi, uning funksional vazifalari hamda erishgan yutuqlari toʻgʻrisida bayon etdi. Shuningdek, maʼruzachi tomonidan bugungi kunda mamlakatimiz Oliy taʼlim muassasalari tomonidan kadrlarni tayyorlash, mutaxassislarni lavozimlarga tanlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtib, jahon standartlariga asoslangan modellar asosida tashkil etilayotganligini bayon etdi. Xususan, respublikamizda mavjud boʻsh vakant lavozimlar va ularni toʻldirishda korrupsiya va boshqa koʻrinishdagi qonunga hilof ishlarga chek qoʻyilgan, bu borada aniq mexanizmlar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilayotganligi haqida aytib oʻtdi.

📑 Bundan tashqari, maʼruzachi tomonidan Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni bilan yaqindan tanishtirib, mazkur qonun kuchga kirganidan soʻng agentlik tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.