Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Muzeyga tashrif

#tashrif
#TTB

📌 Talabalar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

⚡️ Tarixni o‘rganish, tahlil qilish orqali inson o‘zini ham yaxshi anglaydi, maʼnaviy jihatdan yetuk bo‘lib ulg‘ayadi. Аjdodlar tarixi, urf-odatini chuqur bilgan, o‘tmishdan xulosa chiqara olgan kishigina ertangi kuniga ishonch bilan qadam tashlaydi. Shu maqsadda 2021 — yilning 13-fevral kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining oliy taʼlim muassasalari talabalarining teatrlar, muzey va muzey-qo‘riqxonalar hamda kinoteatrlarga jamoaviy borishini tashkillashtirish bayoni yuzasidan Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti tyutori I.F. Dalaboyev va “Xalqaro ommaviy huquq” kafedrasi katta o‘qtuvchisi B.Q. Malikov hamda TF-10 guruhi talabalari “O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi”da bo‘lishdi. Bu tashrifdan asosiy maqsad, talabalarni yurtimizning ko‘hna tarixi bilan tanishtirish, ajdodlarimizning o‘tgan asrlardagi turmush tarzini ifodalovchi arxeologik manbalarni ko‘rsatish, baʼzi urf-odatlarimiz kelib chiqishi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishdan iborat.

📝 Muzeyda joylashgan 250 mingga yaqin eksponatlar O‘zbekiston hududida tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrdan bugunga qadar rivojlanishi haqida maʼlumot berishi bilan talabalarni qiziqtirdi. Shuni taʼkidlash kerakki, muzeyning o‘ziga xos jihati unda nafaqat tarix to‘g‘risida, balki hozirgi kunda davlatimizda yuz berayotgan o‘zgarish va islohotlar haqida ham batafsil maʼlumotlar uchraydi. Bu esa talabalarga yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li, maqsad va vazifalarini chuqur anglashga ko‘mak beradi.»

✅ Ekskursiya davomida yoshlar yurtimiz tarixi naqadar buyuk va salmoqli ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.