Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Profilaktik tadbir

#profilaktik_tadbir
#ATM

📌 Talaba-yoshlar bilan jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.

⚡️Universitet profilaktika inspektori, leytenant E.E. Karimov, Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari O.F. Ashurov, barcha tyutorlar va talabalar ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi. Fakultet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlab bo’yicha dekan o’rinbosari O.F. Ashurov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu hamda tadbir mehmonlari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

⚡️Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga Respublikamizda ta’lim sohasida katta islohotlar olib borilmoqdaligi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi birinchi navbatda, unib-o‘sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilganligi, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo‘yilganligini, talaba-yoshlarimiz sog‘lom turmush tarziga, sport bilan shug‘ullanishga alohida e’tibor berishlari lozimligini, foydali mehnat bilan shug‘ullangan talabaning bekorchi mashg‘ulotlarga, tartibbuzarliklarga vaqti bo‘lmasligini, berilgan imkoniyatlardan foydalanib, ilm egallashga, o‘z kasbi bo‘yicha yaxshi mutaxassis bo‘lishga harakat qilishlari lozimligini, yoshlar o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan jinoyat bezorilik hisoblanishini, har bir fuqaro jamoat, jamiyatda belgilangan qoidalarga amal qilishlari lozimligi, lekin ayrimlar bu majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlashini, jamiyatdagi osoyishtalikni, tinchlikni buzish, tan jarohati va moddiy ziyon yetkazish bezorilik hisoblanishini, ma’muriy, jinoiy javobgarlik belgilanganligini, undan tashqari yoshlar o‘rtasida o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik jinoyatlari ham uchrashini, o‘qotar va sovuq qurollarning bo‘lishi, jabrlanuvchining o‘limi yoki unga o‘ta og‘ir tan jarohati yetkazilishi jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlar hisoblanishi haqida ma’lumot berildi.

✅ Suhbat so’nggida talaba-yoshlar mavzu borasida yetarli ko’nikmalar hosil qildilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.