Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Profilaktik tadbir

#profilaktik_tadbir

📌 “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi.

⚡️ Joriy yilning 14-noyabr kuni “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi. Tadbirga O’zbekiston Respublikasi IIV Transport turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash Departamenti katta yuristkonsult, mayor U.E. To’ychiyev hamda Ozbekiston Respublikasi IIV Transport turizm obektlarida xavfsizlikni taminlash Departamenti, terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashish katta tezkor vakili kapitan, B.Sh. Rajabovlar taklif etildi. Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat bolimi boshligi S.S. Xamidov va bo ‘lim uslubchisi Sh. Mirzamo‘minov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

📝 Tadbir davomida ishtirokchilarga qisqa metrajli “Iqror” filmi namoyish etildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat bolimi boshligi S.S. Xamidov yig’ilishni kirish so’zi bilan ochib, yig’ilish ishtirokchilarini kun tartibidagi mavzu hamda tadbirga taklif etilgan mehmonlar bilan tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng, U.B. To’ychiyev ma’ruza o’qidi va hozirgi kunda ekstremizm va terrorizm eng xavfli hamda oqibatlarini bashorat qilish qiyin bo’lgan hodisaga aylanib ulgurgani, terrorchilik aktlari begunoh insonlarning bevaqt hayotdan ko’z yumishi, jamiyat farovonligiga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklarning yo’q qilinishi, kishilarning tinch-osuda kundalik hayot tarzini barbod bo’lishiga sabab bolmoqdaligi, аyniqsa, bugungi tahlikali va murakkab zamonda dunyo bo‘ylab yuz berayotgan keskin vaziyatlar va o‘zaro ziddiyatlar, millatlar va dinlar o‘rtasida turli mojarolarga sabab bo‘lishi bilan birga dunyoda o‘rnatilgan mavjud tartibotlarni ham izidan chiqarmoqdaligi, shu bilan birga bugungi kunda ekstremistik va terrorchilik harakatlarini sodir etayotgan buzg‘unchi guruhlar biror bir davlat yoki mintaqa bilan cheklanmay dunyoning turli hududlarida o‘zaro uyushgan holda faoliyat yuritayotgani kuzatilmoqdaligi, jahon mamlakatlarining ekstremizm va terrorizmga qarshi hamkorlikda kurash olib borishi hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish masalasini qat’iy qilib kun tartibiga qo‘ylganligini ta’kidlab o‘tdi.
✅ Uchrashuv so’nggida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.