Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Yong‘in xavfsizligi kuni

#tashabbus
#AvtTM

📌 Is gazi va yong’in xavfsizligi bilan birgalikda kurashamiz!

⚡️Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O. Ashurov, Q. Utashyevlar hamda Yashnobod tumani FVB leytenant V.X. Pirmamatovlar bilan hamkorlikda “Is gazi va yong’in xavfsizligi” bo’yicha profilaktika uchrashuv o’tkazildi.

🎗Tadbirda Yashnabod tumani F.V.B.N o‘rinbosari A.Z. Ziyabekov, Yashnabod tumani IIB rofilaktika inspektori E.N. Ziyabekov, fakultet tyutorilari hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbirdan maqsad: Is gazi hamda yong‘in xavfsizligidan saqlanish va ularni bartaraf etish.

📝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan PQ-2992 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida haftaning Chorshanba kuni “Yong‘in xavfsizligi kuni” deb belgilangan. Shu munosabat bilan 12-dekabr kuni fakultet talalabalariga Is gazi va yong‘in xavfsizligidan saqlanish va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha “Yong‘in xavfsizligi kuni” uchrashuvi tashkil qilindi.

Yashnabod tumani F.V.B. o‘rinbosari Ziyabekov Anvar Ziyabekovich talabalarga Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari haqidagi malumotlarni batafsil yoritib berdi: — «Zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur, nafas olishi to’xtab qolganda sun’iy nafas berish lozim. Bu tadbirni bemor mustaqil nafas olgunga qadar yoki biologik o’lim alomatlari paydo bo’lguncha davom ettiriladi. Badanni ishqalash, oyoqlarga grelka qo’yish, qisqa vaqt nashatir spirt bug’larini hidlatish (nashatir spirti bemor burnidan kamida 1 sm uzoqlikda shimdirilgan paxta yoki marlida bo’lishi shart aks holda spirtning o’tkir hidi bemorni paralich holatiga olib kelishi mumkin) zaharlanish oqibatlarini tugatishga imkon beradi. Zaharlanib qolgan kishilar zudlik bilan kasalxonaga olib borilishi kerak, chunki birmuncha keyinroq o’pka va asab sistemasi tomonidan og’ir asoratlar vujudga kelishi mumkin. Agar bemor xushida bo’lsa, tananing yuqori qismini qisib turuvchi kiyimlardan bo’shatiladi, issiq choy qahva ichiriladi. Har qanday is gazidan zaharlanish darajasida ham bemorlarni shoshilinch holda reanimatsiya yoki toksikologiya bo’limiga yotqiziladi. Kasalxonadan chiqqan bemorlar terapevt va nevropatolog kuzatuvida bo’lishi shart, aks holda keyinchalik uning alomatlari yuzaga chiqishi mumkin».

✅ talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.