#seminar
📌 Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalari profilaktika inspektorlarining seminari tashkil etildi.
⚡️Toshkent davlat transport universitetida Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalari profilaktika inspektorlarining seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda profilaktika inspektorlari huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari ya’ni, shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘zaro tajriba almashdilar.