#davra_suhbati
#TTB
📌 «Yuk hujjatlarini rasmiylashtirishning tartib-taomillari» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
⚡️ Joriy yilning 16-dekabr kuni «Yuk transport tizimlari» kafedrasi tashabbusi bilan Bojxona brokerlari uyushmasi raisi A.O. Ayrapetyans hamda rais o’rinbosari E.F. Xalilovlar ishtirokida «Yuk hujjatlarini rasmiylashtirishning tartib-taomillari» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati davomida mutaxassislar bojxonalarning bugungi kundagi ahamiyati, mamlakatimizda bojxona sohasidagi me’yoriy-huquqiy qonunchilik, yuklarni eksport, import qilishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar, mijoz nomidan ish yuritadigan bojxona brokerlarining huquq va majburiyatlari to’g’risida batafsil to’xtalib, ushbu sohada ishlamoqchi bo’lgan talabgorlar uchun uyushma qoshida maxsus o’quv kurslari tashkil etilganligi ta’kidlab o’tildi.
✅ Tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Tadbirda talaba-yoshlar, professor-o’qituvchilar hamda ABC Group kompaniyasining mutaxassislari ishtirok etishdi.