Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Bir guruh faollar taqdirlandi

#taqdirlov

📌 Professor-o’qituvchi, xodimlar va bir guruh faol talabalar taqdirlandi.

⚡️ Universitetning turli yo’nalishlari bo’yicha faol ishtirok etib kelayotgan professor-o’qituvchi va xodimlar hamda universitet, Respublika va Jahon miqyosida universitetimiz sha’nini himoya qilib, turli musobaqa va tanlovlarda g’oliblikni va faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

🏆 Universitetimizda ilmiy ishlar yo’nalishda ko’plab ishlar amalga oshirilib, halqaro reytinglardan munosib o’rinlar egallashi uchun bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur yo’nalishda o’zining munosib hissasini qo’shib kelayotgan va 2021-2022 — o’quv yillari davomida ilmiy faoliyati natijalari Scopus bazasida indeksatsiyalangan ilmiy nashrlar chop ettirgan va universitet reytingiga munosib hissa qo’shayotgan TOP-5 talikdagi f-m, f.d., professorlar pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi:
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor D.X. Baratov (20 700 000 so’m)

«Informatika va kompyuter grafikasi kafedrasi mudiri X.M. Shadimetov (42 050 000 so’m)
Professor R.M. Aliyev (36 375 000 so’m)
Professor Z.Z. Shamsiyev (32 250 000 so’m)
Professor Y.N. Mansurov (10 400 000 so’m)

📑 Taqdirlash marosimi davomida Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan professor va dotsent unvonlarini olgan professor-o’qituvchilar, universitetda xalqaro, ilmiy va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish va jamoat ishlaridagi faol bo‘lgan ustozlarimiz, shuning bilan birga “Universiada-2022” sport musobaqalarida, respublikamiz hamda jahon miqyosiyda o’tkazilgan sport musobalarida 23 nafarga yaqin talabalar hamda talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning iqtidorlarini aniqlash va munosib rag’batlantirish maqsadida o’tkazilgan tanlovlar g’oliblari taqdirlanishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.