Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Muzeyga ekskursiya

#ekskursiya
#AvtTM

📌 Talabalar Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga ekskursiya qilishdi.

⚡️Avtomobil transporti muhandisligi fakultetining adabiyotga qiziquvchan AS.12-19 guruh talabalari va tyutori Z. Usmonov bilan birgalikda talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrif uyushtirildi.
Abdulla Qodiriy uy-muzeyi — 2019-yil dekabr sanasida Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza koʻchasida yashagan yozuvchi Abdulla Qodiriy uyida ochilgan. Ayni shu muzeyda yozuvchining oʻzi ijodidan, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari namunalaridan kutubxona vujudga kelgan. Hovli sahni devorlariga oʻzbek va jahon yozuvchi-shoirlarning A. Qodiriy ijodi haqidagi fikrlari qayd etilgan. Xona devorlariga ilingan adibning asl qiyofasini aks ettiruvchi fotosuratlar Qodiriy ijodini yaqindan tanishtiradi. Shuningdek, bu yerda gazeta va jurnallar, A. Qodiriy ijodi namoyon ettirilgan ilk kitoblar mavjud. Muzey ixlosmandlarini xonalardan birida yozuvchi oʻz asarlarini yozganida, oila a’zolari bilan birga bir dasturxonda yig’ilishi e’tiborini chetda qoldirmaydi.

📑 AS 12-19 guruh talabalaridan tarkib topgan “Beklar” jamoasi universitet talabalari o’rtasida «Eng yaxshi kitobxon jamoasi» ko’rik-tanlovining universitet bosqichiga yo’llanma olishgan. Muzeydan olgan ta’ssurotlari ham ushbu tanlovda as qotadi degan umiddamiz.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.