#seminar
📌 «Talaba-yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuv, unda tyutorlar o’rni» mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
⚡️Seminarni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor D.X. Baratov ochib berdi. Tadbirda ishtirok etganlardan O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig’i — L.O’. Mingishov ishtirokchilarga bugungi kunda tyutorlar faoliyati, kamchiliklar, istiqbolli rejalar yuzasidan so’zlab berdi. Seminarda online tarzda ishtirok etganlardan Namangan davlat universiteti dekan o’rinbosari, «Islohotlar bilimdoni» keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko’rik-tanlovi respublika bosqichi «Eng yaxshi tyutor» nominatsiyasi 1-o’rin sohibi — A.T. Sobirxonov tyutorlarning kunlik ish tartibini to’g’ri taqsimlash, ish unumdorligini oshirish usullari yuzasidan gapirib berdi.
📄 Uchrashuv so’nggida ishtirokchilar o’zlari uchun kerakli xulosalar chiqarib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar.