Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Yoshlar forumi-2022

#yoshlar_forumi_2022

📌 Universitet vakillari Mirobod tumani “Yoshlar forumi-2022”da ishtirok etdi.

⚡️ 23-dekabr kuni Mirobod tumanidagi Temiryo’lchilar madaniyat saroyida “Mirobod yoshlar forumi — 2022” bo’lib o’tdi. Forumda universitet vakillari hamda bir guruh faol talaba-yoshlar ishtirok etdi.

💥 Tantanali tadbirda tumanda istiqomat qiluvchi yoshlar orasida turli yo’nalishlarda o’zining faol ishtiroki va tashabbusi, qolaversa yutuqlari bilan tengdoshlariga namuna bo’lgan Yangi O’zbekistonning iqtidorli yoshlari taqdirlandi.

➡️ Tadbir avvalida Mirobod tumani hokimi Shuhrat Pulatovning 2022 yil davomida “”Yoshlarga oid davlat siyosati” borasida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan murojaat yo’lladi.
Hokim o’z chiqishida 2023-yil uchun mo’ljallangan istiqbolli loyihalar, tadbirlar hamda yoshlar uchun tumanda infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha rejalarini ham aytib o’tdi.

Gʻoliblariga sovrinlarni forumga mehmon sifatida taklif etilganlar, jumladan, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor D.X. baratov ham topshirdilar.

Tadbirda 600 dan ziyod yoshlar qatnashdi. Yoshlarni bugungi bayram bilan tabriklagani estradamizning yorqin yulduzlari hamda chet ellik sanʻatkorlar ham tashrif buyurib, ular o’z navbatida forum ishtirokchilarini yorqin chiqishlari bilan xushnud etdilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.