Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Targ’ibot tadbiriga tashrif

#seminar

📌 Universitet vakillari «Mirzo Ulug’bek vorislari» tanlovi targ’ibot tadbirida faol ishtirok etdilar.

⚡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish, innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan ta’sis etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini o‘tkazish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

🟢Seminarda universitet vakillari, fakultet dekan muovinlari hamda tyutorlardan iborat 500 nafardan ortiq ishtirokchilar, shu bilan birga Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig’i Laziz Mingishov va Talaba va o’quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko’maklashish markazi direktori Fozilbek Farhodov qatnashdilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.