#tashabbus
#Iqtisodiyot
📌 Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi.
⚡️ Har bir bolaning o‘z tarixi, qismati, og‘riqlari bor. «Albatta, har bir go‘dak bu yorug‘ dunyoga kelar ekan, unga hamma ota-onasi bag‘rida yayrab o‘ssin, baxtli-saodatli bo‘lsin, deb tilak bildiradi. Lekin, taqdir taqozosi bilan ularning ayrimlari ota-ona mehridan benasib qoladi. Bunday holatda bu norasida bolalarning aslo aybi yo‘q ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz, albatta» — Shavkat Mirziyoyev
🗞 Yurtimizda kechayotgan ayni og’ir, anomal sovuq kunlarda Iqtisodiyot fakulteti faollarining mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari nazardan chetda qolmadi. Ular mehribonlik uyiga tashrif buyurib, qalbi pok bolajonlarga sovg’a-salomlar ulashishdi.