#tashabbus
#AvtTM
📌 Ijara asosida yashovchi talabalar holati ko’zdan kechirildi.
⚡️ Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti dekan o’rinbosarlari va tyutorlari viloyatlardan Toshkent shahriga yetib kelgan talabalarni kutib olib, ularni yashash sharoitlari, xonalarning sovuq yoki issiqligi bilan yaqindan tanishish maqsadida ularning yashab turgan ijara xonadonlariga tashrif buyurdilar. Holat o’rganilishining natijalariga ko’ra, ijara asosida istiqomat qilayotgan talabalar holati ijobiy deb topildi. Kamchiliklari mavjud bo’lgan xonadonlarning egalari bilan suhbat qurilib, bartaraf etilishiga kelishib olindi.