Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Bayram munosabati bilan konsert dasturi

#bayram_dasturi

📌 Bayram munosabati bilan konsert dasturi o’tkazildi.

⚡️ Toshkent transport universitetida 3 ming nafardan ziyod yoshlarni birlashtirgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Toshkent transport universiteti, Mirobod tuman hokimligi, tuman sektor rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan ushbu konsert dasturi avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat yoshlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvdan tayyorlangan video-rolik namoyish etildi.

📄 Soʻngra tadbirni ochish uchun Transport universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi O. Abdurahmonov va Mirobod tumani hokimi Sh. Pulatov, sektor rahbarlari sahnaga taklif etildi.

🎙 Yoshlarga murojaatida O. Abdurahmonov go’zal ayyom — Navro’z bilan barchani qutlab, «Siz yoshlar Vatanimiz, xalqimiz uchun kerakli inson bo’lib yetishishingiz lozim» , deya taʼkidlab, yoshlarga kelgusida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

🌸 Tadbir davomida estradamizning yorqin yulduzlari — Yorqinxoʻja Umarov, Jasmin, Imron, Farxod va Shirin, soʻz ustasi Jamshid Normatov hamda tuman madaniyat boʻlimi boshligʻi Davron Tillaboyev rahbarligidagi jamoa yoshlarni vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar bilan bahramand etishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.