Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Taqdirlash marosimi

#ragbat

📌 Navro’z ayyomida milliy urf-odatlar koloritini yaratgan jamoalar taqdirlandi.

⚡️Sharqona yangi yil ayyomi bo’lgan ushbu bayramda barcha xodim-u talaba-yoshlar birdek harakat qilib, yurtimizdagi 12 viloyatning urf-odatlarini aks ettirgan dasturxon yozishdi, an’analarini ko’rsatish uchun milliy liboslar kiyishdi. Keng ko’lamda o’tkazilgan ushbu saylda dasturxonlar to’kin-sochinlikda yosh-u qari o’zbegimning milliy liboslarida fasllar kelinchagi — bahor fasli kelganini yana bir bor ko’rsatib berdi. Universitetning 9 ta fakultet va bo’limlar ushbu muhitni yaratib berishda katta rol o’ynadi va ularning mehnati tahsinga sazovordir. Shu munosabat bilan bayram ko’rkiga ko’rk qo’shgan ushbu mehnatlar universitet rahbariyati a’zolari tomonidan tuzilgan hakamlar hay’ati ishtirokida baholanib, taqdirlash marosimi o’tkazildi.

🏆 Ballar hisoblangach, yakuniy natijalarga ko’ra:
🥇1-o’rin: Qurilish muhandisligi fakulteti jamoasi (Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati);
🥈2-o’rin: Temir yo’l transporti muhandisligi fakulteti jamoasi (Andijon viloyati);
🥉3-o’rin: Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti jamoasi (Qashqadaryo viloyati).

🎖Nominatsiya g’oliblari:
«Eng sharqona dasturxon» — Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti jamoasi (Surxondaryo viloyati);
«Eng kreativ dasturxon» — Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti jamoasi (Samarqand viloyati);
«Eng chiroyli dasturxon» — Axborot resurs markazi jamoasi (Toshkent viloyati);
«Eng bayramona dasturxon» — Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti jamoasi (Qashqadaryo viloyati);
«Eng uyg’unlashgan dasturxon» — Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti jamoasi (Farg’ona viloyati);
«Eng bahoriy dasturxon» — Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti jamoasi (Buxoro va Sirdaryo viloyatlari)
«Eng kashfiyotchi dasturxon» — Temir yo’l transporti muhandisligi fakulteti jamoasi (Andijon viloyati);
«Eng milliy dasturxon» — Iqtisodiyot fakulteti jamoasi (Navoiy viloyati);
«Eng mohirona dasturxon» — Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti jamoasi (Belorussiya Respublikasi);
«Milliy kolorit yaratuvchi» — Qurilish muhandisligi fakulteti jamoasi (Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati);


Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.