#korgazma
📌 Universitet vakillari 26-xalqaro «Ta’lim va mutaxassislar» ko’rgazmasida ishtirok etdi.
🔹 Savdo-sanoat Palatasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va «Expocontact» kompaniyasi joriy yilning 30-31-mart kunlarida 26-xalqaro «Ta’lim va mutaxassislar» ko’rgazmasini tashkil qildi.
📈 Ko’rgazmaning asosiy maqsadi, O’zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o’quv yurtlarida zamonaviy metodikalar asosida ta’lim berishlari bilan tanishtirish, o’zaro tajriba almashishga ko’maklashish, shuningdek, yoshlarga va keng ommaga o’zlarini qiziqtirgan mutaxassisligi bo’yicha bilim olishlari uchun o’quv yurtlarini tanlashga yordam berishdan iborat bo’lib, Toshkent davlat transport universiteti nomidan «Marketing va talabalar amaliyoti» bo’limi xodimlari va iqtidorli talabalar ham bu ko’rgazmada faol ishtirok etishdi. Ko’rgazma davomida bir qator xorijiy OTMlar bilan fikrlar almashildi.
📍Ko’rgazma «Yoshlar ijod saroyi»da bo’lib o’tdi.